Samarqand avtomobil zavodida xodimlar o‘rtasida intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoaviy muhitni mustahkamlash maqsadida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirda turli bo‘linmalardan shakllangan jamoalar ishtirok etib, bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlik borasida o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇 1-o‘rin — BrainCAD jamoasi — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — Texnologlar jamoasi — 3 500 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — D-MAX jamoasi — 2 500 000 so‘m
🏅 4-o‘rin — RTeam2 jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalarga pul mukofotlari hamda sertifikatlar topshirildi.
🎁 Shuningdek, 4-o‘rinni egallagan RTeam2 jamoasiga Toshkent shahriga sayohat uchun yo‘llanma taqdim etildi.
Mazkur intellektual o‘yin xodimlar o‘rtasida bilim almashish, fikrlash doirasini kengaytirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
💼 Tadbir doirasida ajratilgan barcha pul mukofotlari kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan qoplandi.
🏆 Samarqand avtomobil zavodida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: