“11-noyabr Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari” kuni

“11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi “Toshkent TraktorZavodi”da ishchi hodimlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi Safolova Baxshan Xusenovna va Toshkent hududiy Kengash raisi Alautdinova Aʼlo Anvarovna ishtirok etib, ishchi- hodimlarning xolidan xabar olishdi.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda ishlab chiqarishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham soʻz yuritildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi 648-sonli Qonuniga muvofiq, “11-noyabr Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari” kuni sifatida rasmiy belgilangan taʼkidlanib, ushbu sana munosabati bilan “Toshkent TraktorZavodi”da fidoyi, mehnatkash ishchi hodimlar taqdirlandi.
Eng faol kasaba uyushmasi aʼzolari Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sovgʻa va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email