O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida mehnat qilayotgan 54 nafar ishchi-xodimlar Xorazm viloyatiga sayoxatga yuborildi.
Sayoxatchilar bugun Marg‘ilon Temir yo‘l vokzalidan tantanali ravishda ko‘hna Urganch shahriga kuzatib qo‘yildi.
Kuzatish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev barchani Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan tabrikladi.
Sayoxatchilar ko‘hna va qadimiy shaharda ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, viloyatda amalga oshirilgan islohotlar bilan ham tanishadilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: