Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Metallurglar madaniyat saroyida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etganlar buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy va Temuriylar avlodining iste’dodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning bosib o‘tgan yo‘li haqida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Adabiy-ma’rifiy tadbir davomida Bekobod tumani hokimi maslahatchisi Saida Suvonova  So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni haqida to‘xtalgan bo‘lsa, Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi ustasi Elyor Shodimatov va 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari E’zoza Sirojiddinova, Yulduz Tolibovalar ikki ulug‘ siymoning g‘azal va ruboiylardan parchalar o‘qishdi.
Ayniqsa, Bekobod shahar ixtisoslashgan san’at maktabining o‘quvchilari Jasmina Turmuhammedova, Abbos Aliqulov tomonidan jonli tarzda ijro etilgan “Oh kim” qo‘shig‘i barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Aytil lozim, O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ikki buyuk siymo –¬ Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganish orqali chinakam inson hayoti qanday bo‘lishi kerakligi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Xalqimiz ma’naviy dunyosining yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda barcha o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’naviy ozuqalarni olishdi.

Print Friendly, PDF & Email