Andijon davlat texnika instituti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Ilhomjon Qobulovning “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani — institutimiz jamoasi uchun katta faxr va quvonchdir.
Ushbu yuksak mukofot Vatanga bo‘lgan sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik hamda yoshlar bilan olib borilayotgan samarali va ibratli faoliyatning yorqin e’tirofidir. Ilhomjon Qobulov yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqda.
Andijon davlat texnika instituti jamoasi Qobulov Ilhomjonni ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etar ekan, kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va yangi-yangi yutuqlar tilab qoladi.
Andijon davlat texnika instituti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Ilhomjon Qobulovning “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: