Andijon mashinasozlik institutida “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Andijon mashinasozlik institutida “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan  «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi» shiori ostida bir piyola choy ustida bayram dasturxoni yozilib, institutda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalar hamda professor-oʻqituvchi va xodimlar ishtirok etib, ularga mehr va ehtirom koʻrsatildi.

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti tomonidan sahovat tadbiri amalga oshirildi. Andijon shahri 13-maxsus ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirilib, ta’lim dargohida bilim olayotgan  imkoniyati cheklangan bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.

Print Friendly, PDF & Email