2025-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi katta majlislar zalida Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyati Kengashi apparatining masʼul xodimlari, yirik boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlari raislari, tarmoqning Andijon viloyati Kengashining navbatdagi Kengash Majlisi (Plenumi) oʻtkazildi.
Ushbu Kengash Majlisida viloyat Kengashining II-Konferensiyasini chaqirish boʻyicha qaror qabul qilindi hamda hududdagi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlarida hisobot-saylov yigʻilish (konferensiya) larini oʻtkazishga start berildi. Kengash majlisida Respublika Kengashi raisi A.Xakulov va tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri I.Kamolov ishtirok etdilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: