Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda kasaba uyushmalari har bir jamoada xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida muhim rol o‘ynamoqda.
Kasaba uyushmalari tizimi bugun nafaqat xodimlarning ishonchli tayanchi, balki jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi kuchli institut sifatida o‘rni tobora mustahkamlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni ushbu kasb bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.
Xonadoningizga tinchlik va fayz-u baraka, barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: