“Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yigʻilish (konferensiya) larini oʻtkazish” mavzuidagi oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

2025-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi katta majlislar zalida Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi
Andijon viloyati Kengashi apparatining masʼul xodimlari,  yirik boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlari raislari, tarmoqning Andijon viloyati Kengashi aʼzolari, taftish komissiyasi aʼzolari  ishtirokida “Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yigʻilish (konferensiya) larini oʻtkazish” mavzuidagi oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda Respublika Kengashi raisi A.Xakulov va tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri I.Kamolov ishtirok etib hisobot saylovlar oʻtkazish boʻyicha Nizom talablarini tushuntirdilar. Oʻquv seminari qiziqarli bahs munozaralarga boy boʻlib amaliy tarzda tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email