Bugun kombinatda hashar o‘tkazilmoqda. Bu birdamlik va korxonaga g‘amxo‘rlik kuni. Kombinat hududidagi maydonlardan birida to’plangan metallurglarni “O’zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi Bosh direktor Bahodir Abdullayev tabrikladi. U hasharda faol ishtirok etayotganlarga minnatdorchilik bildirdi va ishlarida omad tiladi. Yaxshi kayfiyat yaratish maqsadida kasaba uyushma qo‘mitasi havaskor san’atkorlarning chiqishlarini tashkil etdi.
Hashar doirasida alohida e’tibor obodonlashtirish va hududlarni tozalash ishlariga, jumladan, Zoldir prokatlash bo’linmasidagi “Yashil hudud”ga qaratilmoqda.
Tabriklardan so‘ng metallurglar belgilangan joylarga tarqalib, birgalikda hududni tartibga keltirish, kombinatni yanada ozoda va chiroyli qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Daraxtlarga shakl berilmoqda, shu bilan birga yashil hudud kengaytirilyapti. Yangi ko‘chatlar va butalar ekilmoqda, gulzorlar yangilanib, gazonlar qirqilmoqda.
Hasharda eng faol ishtirok etgan tarkibiy bo‘linmalar rahbariyat tomonidan munosib taqdirlandi.
Samimiy muhit, qarsaklar va ishtirokchilarning quvonchi bu lahzani chinakam bayramona qildi.Kombinatda o‘tgan hashar xodimlarni birlashtirib, oddiy kunni mehnat va birdamlikning samimiy bayramiga aylantirdi.
Bugun kombinatda hashar o‘tkazilmoqda.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: