Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda tarmoq kasaba uyushmasi haftaligi doirasida «Faxriylar doimo eʼzozimizda, ularning hayot tajribasi yoshlarga maktabdir» shiori ostida «UzAuto Motors» AJ boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan faxriylar uchun bayram dasturi tashkil etildi.Tadbir davomida baynalmilal jangchilar, shuningdek, korxona tashkil topganidan buyon fidokorona mehnat qilib, bugungi kunda nafaqaga chiqqan sobiq xodimlarning — jami 372 nafariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ustozlarimiz va faxriylarimiz — xalqimiz g‘ururi, tariximiz va taraqqiyotimizning guvohlaridir. Ularning sadoqatli mehnati va hayotiy tajribasi biz uchun bebaho merosdir.
Korxona kasaba uyushmasi jamoasi barcha faxriylarmizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va xotirjam hayot tilaydi.
«Faxriylar doimo eʼzozimizda, ularning hayot tajribasi yoshlarga maktabdir»

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: