HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH TIZIMLI YO‘LGA QO‘YILDI

Xabaringiz bor kombinat ishchi-xodimlarining huquqiy madaniyatini va yuridik savadxonligini oshirish uchun tarkibiy bo‘linmalar kesimida seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bu safargi davra suhbati 1-son navli prokat sexida bo‘lib o‘tdi. Unda sex ishchi-xodimlari uchun yuridik departametning mutaxasisilari Jahongir Abduraimov, Umid Sariyev, Motivatsiyalash va mehnatga haq to‘lash bo‘limi boshlig‘i Karim Ravshanov va xodimlarni boshqarish departamenti muhandisi Doston Rasulovlar davra suhbatini olib bordilar.

Davra suhbati mobaynida ishchi-xodimlar tomonidan qon topshirish ya’ni donorlik, 1S dasturi orqali javob so‘rash, kombinatda joriy etilayotgan turniketdan nazoratni boshqarish tizimi kabi bir qator savollarga javob olishdi va o‘zlarining taklif–mulohazalarini bildirishdi.

Print Friendly, PDF & Email