“O‘zmetkombinat” AJda xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha kombinat turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada kombinatning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, o‘z mahorati va sport tayyorgarligini namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar g‘oliblik uchun murosasiz va qizg‘in bahs olib bordilar.
🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
👨💼 Erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Mahmud Pardayev
🥈 2-o‘rin — Hasanboy Abdunazarov
🥉 3-o‘rin — Abbos Bahodirov
👩💼 Ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Aziza Jumayeva
🥈 2-o‘rin — Mohira Toshmatova
🥉 3-o‘rin — Iroda Berdikulova
🎖 Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlar “O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday sport tadbirlari jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar o‘rtasida hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘zmetkombinat”da stol tennisi bo‘yicha turnir o‘tkazildi

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: