O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongini yuksaltirish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishga oid KQ-49-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 5-dekabr kuni “O‘zog‘irsanoatloyiha” institutida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Yig‘ilish institutning Umumiy masalalar va kadrlar tayyorlash bo‘yicha direktori Kuchkarbayev Utkur Butaevich boshchiligida korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish masalalari muhokama qilindi. Unda institut xodimlari va boshqaruv rahbarlari ishtirok etib, mavjud muammolar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar hamda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda Prezidentimizning PQ-5177, PQ-81 va PQ-240-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi komplayens xizmati bosh mutaxassisi Shuxrat Muxidinov korrupsion holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli talab va mexanizmlarni yoritib berdi.
“O‘zog‘irsanoatloyiha” institutida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: