Bugun zavod miqyosida kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kasaba uyushmasi raisi Xamdamov Shuhrat Xamrakulovich 2020–2025-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Faoliyati “qoniqarli” deb baholanib, u yana ushbu lavozimga qayta saylandi. Shuningdek, ish beruvchi vakili sifatida konferensiyada “SamAuto” MChJ Q.K. bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Husen Samievich Kobilov qatnashdi. U ish beruvchi nomidan hisobot berib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Konferensiya davomida kasaba uyushmasi va ish beruvchi o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Yig‘ilish natijalari bo‘yicha:
•Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi shakllantirildi.
•Taftish komissiyasi va uning raisi saylandi.
•2025-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat konferensiyasiga delegatlar tasdiqlandi. Konferensiyada mehmon sifatida kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi:
•Ahmadjon Mahmudovich Xaqulov – O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;
•Ilhomjon Ibrohimovich Kamolov – Respublika Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri;
•Olimxon Abdusamatovich Mirzayev – Tarmoq kasaba uyushmasi Samarqand viloyati Kengashi raisi.
Xamdamov Shuhrat Xamrakulovichni yana ushbu mas’uliyatli lavozimga saylangani bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Samarkand Avtomobil Zavodi” MChJ Q.K. kasaba uyushmasining hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: