«Sohil» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga o‘g‘il-qizlarni qabul qilish boshlandi.

Bugundan кombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qarashli «Sohil» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga o‘g‘il-qizlarni qabul qilish boshlandi.

Sirdaryo bo‘yi qirg‘og‘ida joylashgan bolalar oromgohi bu yil o‘z quchog‘iga 700 nafar bolani qabul qilishni rejalashtirgan. Toza suvi, havosi, ko‘plab sersoya daraxtlar ostida hordiq chiqarayotgan bolalarning salomatligi mustahkamlanib, to‘g‘ri rivojlanishlari, sog‘lom va quvnoq holda vaqt o‘tkazishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bu yerda 5 mavsum davomida dam oluvchi yoshlarimiz turli shiorlar ostidagi sport musobaqalarni, tanlovlarni, bayram dasturlarini namoyish qilishlari ko‘zda tutilgan. 

Tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, sport o‘yinlari va musobaqalar, yangi do‘stlar bilan muloqot imkoniyati, turli tanlovlarda ishtirok etish – bolaga mana shu narsalar kerak. Aynan shu hordiqni unutilmas qiladi, bolalarning iqtidorini yuzaga chiqaradi, kelgusi mavsumgacha bir yilga yetarli turli taassurotlar bilan boyitadi.

Print Friendly, PDF & Email