Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri hamda Universitet Kengashining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Universitet rektori O.To’ychiyev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha professor-o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Tadbir davomida «Tabiiy-matematika fanlar» kafedrasi fizika-matematika fanlari nomzodi, professori Xusanov Kasim Asimovich,  «Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmonov Maqsudjon Muhammadjon o’g’li Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «OLIY TA’LIM A’LOCHISI» ko’krak nishoni bilan hamda TTPU qoshidagi Akademik litseyi o’qituvchisi Choriyeva Zamira Tirkashevna «O’RTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA’LIM A»LOCHISI» ko’krak nishoni bilan mukofotlandi. Shuningdek, bir qator professor-o‘qituvchilarga Universitet rivojiga qo’shgan hissasi uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
2025-yil 30-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida
«1-OKTABR— USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” munosabati bilan «Ilm nurini yoygan ustozlar» deb nomlagan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mirzabek Xolmedov, Toshkent shahar tarmoq kasaba uyushmasi raisi  A‘lo Alautdinova, Turin universiteti prorektori Alisher Ashurovlar tashrif buyurdilar.
Tadbirni A.Ashurov tabrik so’zi bilan ochib berib, uzoq yillardan beri akademik litseyida fidokorona mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchi va xodimlarga Turin universiteti rektori O.To’ychiyev va akademik litsey direktori M.Xasanovlar tomonidan taqdim etilgan Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan akademik litseyida faoliyat yuritayotgan yoshi ulug‘ ustozlarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email