Joriy yilning 5-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur bilimlar bellashuvida universitetning xodima ayollari, talaba qizlar, TTPU qoshidagi Akademik litsey hamda texnikum ayol xodimalaridan iborat jamoalar faol ishtirok etdilar.
Intellektual bahslar davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob berib, o‘zlarining bilim saviyasi, mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bellashuv qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarga iliq taassurotlar ulashdi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mazkur intellektual o‘yin xotin-qizlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
TTPUda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: