Ma’lumki, “Ustoz-shogird” an’anasi – yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, izlanish va oʻz ustida mehnat qilish, har tomonlama etuk va salohiyatli kadrlarni shakllantirishda oʻziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, yurt ravnaqi yoʻlida oʻzining munosib hissasini qoʻsha oladigan, aql-idrokli va qobiliyatli shogirdlar tayyorlashda sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan ustozlarning oʻrni beqiyosdir.Bugungi kunda “Avtooyna” MChJda yosh kadrlarni soha taraqqiyotiga toʻgʻri yoʻnaltirish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anasi asosida har bir yosh kadrga oʻz kasbining fidoyilari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan malakali xodimlar biriktirilgan boʻlib, ular yosh kadrlarga kasb sir-asrorlarini oʻrgatib kelmoqdalar. Shuningdek, har bir tsexda zaxira kadrlarni tayyorlash, mutaxassis kadrlar salohiyatini oshirish va ularning uzoq muddatli zaxira bazasini kengaytirish maqsadida muntazam ravishda oʻquv darslari tashkil etib borilmoqda.
Jumladan, Kesish va oldindan ishlov berish liniyasida ham doimiy ravishda oʻquv va amaliy darslar tashkil etilgan boʻlib, ayni kunlarda ham oʻquv xonasida malakali mutaxassislar tomonidan kunduzgi va smenada ishlovchi ishchi-xodimlarga texnologik jarayonlarga oid yangi bilim va koʻnikmalar ulashilmoqda.
Darslar davomida malakali mutaxassislar tomonidan texnologik qurilmalarning tuzilishi va ularning ishlash prinsiplari zamonaviy metodlar, animasion videolar, mavjud sxemalar yordamida tushuntirib borilmoqda.Shuningdek, sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan ustoz xodimlar mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar haqida yosh xodimlar bilan samimiy muloqot orqali oʻrtoqlashishmoqda.
Bu kabi oʻquv darslari yosh kadrlarni oʻz ustida mehnat qilishi, bilimlarini takrorlab olishi, etuk va salohiyatli kadrlar boʻlib etishishiga hamda tajriba va koʻnikmalarini rivojlanishiga xizmat qiladi.
Har yili 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami arafasida jamiyatda mehnat qilayotgan ustozlarni taqdirlash an’anaga aylangan.
«Ustoz-Shogird» An’anasi amalda

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: