«UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filialida bolajonlar kuni bayrami nishonlandi.

1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan «UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filialida korxona xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbirida korxona ishchi xodimlarining farzandlari o‘rtasida shaxmat turniri, rasmlar tanlovi va sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.  Turnirda 200 nafardan ortiq bolalar ishtirok etishdi.

Xodimlarimizning farzandlari uchun sirk tomoshalari ham namoyish qilindi.
Xodimlarning farzandlari o’rtasida o’tkazilgan shaxmat turniridan foto lavhalar:

Bayramona tadbir davomida bolajonlarga bayram dasturxoni yozildi. Undagi turfa xil noz-ne’matlar bolalar quvonchiga quvonch qo‘shdi, ularning bir olam pozitiv his-tuyg‘ularga to‘la energiyasi tadbirga yanada fayz va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Shuningdek tadbirda musiqiy chiqishlar, quvnoq startlar, arqon tortish va taqdirlash marosimlari bo’lib o’tdi.

Print Friendly, PDF & Email