“Yangi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari mehnatkashlar tayanchi”

Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand, Jizzax viloyat hududiy kengashi tizimidagi korxona, taashkilot va muassasalarda “11-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan baayram tadbirlari davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri “Jizzax akkumlyator zavodi” AJda 500 nafarga yaqin ishchi hodimlar ishtirokida oʻtkazildi.
Tadbirlarda Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.M.Xakulov, tarmoq kasaba uyushmasi Samarqand, Jizzax viloyat Kengash raisi O.A.Mirzayev, tarmoq kasabaa uyushmasi viloyat kengashi apparati xodimlari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy ishlar hamda madaniy-maʼrifiy ishlar boʻlimlari mudirlari ish beruvchi vakillari, boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi apparati ishtirok etib, ishchi-hodimlarning holidan xabar olishdi hamda ularni muammo va takliflarini eshitib, ish beruvchi bilan muammolarini bartaraf etishga kelishishdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi 648-sonli Qonuniga muvofiq “11-noyabr Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari” kuni sifatida rasmiy belgilangan taʼkidlanib, ushbu sana munosabati bilan “Jizzax akkumlyator zavodi” AJda mehnat qilayotgan ilgʻor ishchi-xodimlarining bir guruhi, faol kasaba uyushma aʼzolari Respublika va viloyat kengashlari hamda zavod kasaba uyushma qoʻmitasining dipplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Jizzax akkumlyator zavodi” AJ ish beruvchisi va maʼmuriyati tomonidan 18 nafar ilgʻor va kam taʼminlangan ishchi-xodimlarning har biri 2500 ming soʻmdan moddiy ragʻbatlantirilib, barcha xodimlar uchun bayram oshi tarqatildi, kasaaba uyushma qoʻmitasi tomonidan 7 nafar faol aʼzolar 500 ming soʻmdan ragʻbatlantirilib, bir guruh pensioner va xodimlarning Xorazm viloyatiga sayohatlari uyushtirildi.

Print Friendly, PDF & Email