YOSH AVLOD SALOMATLIGI VA DAM OLISHI UCHUN MUHIM IMKONIYAT

O‘zbekistonda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yosh avlodning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, salomatligini mustahkamlash, shuningdek, yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishda muhim o‘rin tutadi. Bu oromgohlar nafaqat bolalarga dam olish imkonini beradi, balki ularning intellektual salohiyatini oshirish, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni singdirishga xizmat qiladi.
“O‘zmetkombinat” AJ, kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qarashli “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ham o‘zining ish faoliyatini boshlab, birinchi mavsumga bolajonlarni qabul qildi.
Shunga to‘xtalib o‘tish kerakki, oromgohda bolalar uchun sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sifatli ovqatlanish, sport va madaniy tadbirlar tashkil etiladi. Qolaversa, “Sohil” bolalar oromgohida obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilgan. Bolalar uchun ko‘rgazmali burchaklar, sport maydonchalari, kutubxonalar va madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus maydonlar mavjud.
Oromgohlarda yetakchi mutaxassislarning asosiy vazifasi o‘g‘il-qizlarimizning jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ijodiy va intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.
Bu yilgi mavsumda bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun suzish havzasida ham bir qancha o‘zgarishlar qilingan bo‘lib, bularning barchasi farzandlarimizning kunlari fayzli utishi uchun qilingan. Qolaversa, suv filtrlash uskunasi ham qo‘yilgan bo‘lib bolajonlar musaffo suvlarni iste’mol qilishadi.  Xullas “yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi”.

Print Friendly, PDF & Email