“O‘zmetkombinat” AJ va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qarashli “Sohil” bolalar oromgohi o‘zining 2 mavsumini ham o‘z nihoyasiga yetkazdi. Mavsum davomida metallurglar farzandlari oromgohda miriqib hordiq chiqarish bilan birga turli to‘garaklarda qatnashib kunlarini mazmunli o‘tkazishdi.
Oromgohning yopilish tantanasida kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining tijorat direktori Maftunquli Sattorov mavsum davomida o‘g‘il-qizlar maroqli hordiq chiqarib, har-bir kunlarini chiroyli o‘tkazganliklari uchun barcha bolajonlarga yaxshi niyatlarini bildirdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraganidan so‘ng har bir guruh yetakchilari o‘zlarining shiorlarini aytib davraga fayz kiritishdi. Shundan so‘ng oromgoh tarbiyalanuvchilari mavsum davomida o‘rgangan raqslari va turli chiqishlari bilan barchaga yuqori kayfiyat baxsh etishdi.
Shu bilan birga, turli to‘garaklarda o‘zlarini bor mahoratlari, bilimlarini ishga solib g‘olib va sovrinli o‘rinlarni egallagan, faol ishtirok etgan qatnashchilarga faxriy yorliqlar ham tantanali tarzda topshirildi.
Xar mavsumning yopilish tantanasida gulxan yoqilishi yaxshi an’anaga aylantirilgan. 2 mavsum yopilish marosimida ham gulxan yoqilib bolajonlarga unutilmas xotiralar taqdim etildi.
Oromgoh ma’muriyatining so‘zlariga qaraganda Sohil bolalar oromgohida o‘g‘il-qizlar nafaqat maroqli dam olishdi balki, jismonan chiniqtirildi, ularning intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi to‘garaklarda faol ishtirok etishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, mavsum davomida farzandlarimiz bir olam taassurotlar bilan uylariga qaytishdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: