“O‘zmetkombinat” AJ va kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida ochilgan “Sohil” bolalar oromgohida o‘g‘il-qizlar birinchi mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazishmoqda.
Oromgohda birinchi mavsumda 140 nafar bola dam olmoqda. Yozgi ta’til davrida esa bu yerda 700 nafar bolaning miriqib dam olishini tashkil etish rejalashtirilgan bo’lib turli sport, musiqali, teatrlashtirilgan tadbirlar o‘tkazish, to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratildi. Xususan rassomchilik, shaxmat-shashka, ingliz tili shuningdek, bolajonlarni ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida tabiat qo‘ynida bir qancha o‘yinlar ham tashkillashtirilmoqda.
Shunga alohida to‘xtalish kerakki, “Sohil” bolalar oromgohi jamoasi o‘g‘il-qizlarni nafaqat maroqli dam oldirish va jismonan chiniqtirish, balki ularning intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun bor tajriba va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: