Korxonamizda yana bir ajoyib Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.
📊 Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin – TXK jamoasi (16 ta to‘g‘ri javob)
🥈 2-o‘rin – Ishlab chiqarish mutaxassislari “Favvora” jamoasi (15 ta to‘g‘ri javob)
🥉 3-o‘rin – Sifat departamenti xodimlari (14 ta to‘g‘ri javob)
🏅 4-o‘rin – Payvandlash bo‘limi xodimlari (13 ta to‘g‘ri javob, munosib raqobat ko‘rsatishdi)
👏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun katta rahmat!
🤝 Shuningdek, ushbu Zakovat o‘yinini tashkil etishda amaliy va ma’naviy ko‘mak bergan Rahbariyatga hamda Kasaba uyushmasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
🚀 Kelgusida bunday intellektual o‘yinlarni yanada ko‘paytirish va rivojlantirish uchun astoydil harakat qilamiz!
Zakovat intellektual o‘yini – bilim va raqobat maydoni!

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: