OʻzR VMning 2023-yil 5-oktyabrdagi 179-sonli majlis bayoni hamda “Oʻzavtosanoat” AJning 2023-yil 10-oktyabrdagi 01m-005-f-sonli “Oʻzbek tili bayrami kunini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Farmoyishi asosida “Auto Spring Components” MCHJ korxonasida “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Mukarrama Gʻanijon qizi hamda Asaka tumani 1-son kasb-xunar maktabining tillar kafedrasi mudiri, Ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Zuxraxon Bozorboyevalar ishtirok etdilar.
Davra suxbatida yigʻilganlarga Oʻzbek tilining davlat tili sifatida eʼlon qilinishi mohiyati, unga qadar qilingan mardonavor xarakatlar va bugungi kunda Oʻzbek tilining davlat tili sifatida ish yuritishda oʻrni muhim ekanligi toʻgʻrisida nutq soʻzladilar.
Shuningdek, oʻz ijod namunalari bilan yigʻilganlarni xushnud etdilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: