Zavodimizda yangi loyiha — Kitob burchagi!

Endilikda xodimlarimiz tanaffus vaqtida yoki ish tugagandan so‘ng maxsus tashkil etilgan kitob burchagida mutolaa qilishlari mumkin.
Kitob burchagimiz qulay divan va kreslolar bilan jihozlangan bo‘lib, shu yerning o‘zida bemalol kitob o‘qishingiz mumkin.
Kitoblar faqat kitob burchagida o‘qish uchun mo‘ljallangan, ularni uyga olib chiqish mumkin emas.
Mavjud kitoblar ro‘yxati stol ustidagi papkada keltirilgan.
Kitob — bilim va tafakkur manbai. Har kuni ozgina vaqt ajratib, o‘zingizni rivojlantiring!
Kitob burchagidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya qilishingizni iltimos qilamiz.
“Bugun o‘qilgan sahifa — ertangi muvaffaqiyat poydevori.”
Barchangizni kitob burchagimizdan faol foydalanishga chorlaymiz!

Print Friendly, PDF & Email