Samarqandga sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi “Uzmetkombinat” AJ, “Orzu-Teks” MChJ hamda “Alubest” MChJ korxonalari xodimlari uchun qadimiy va muqaddas Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanishib, mazmunli va unutilmas dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday tashabbuslar xodimlar mehnatini munosib qadrlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda jamoada ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email