O’zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sanoat xodimi Xakulov Axmadjon Maxmudovich «UzAuto Inzi» MCHJ QK yoshlari bilan uchrashdilar.Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid olib borilayotgan siyosatlari, yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida suhbatlashildi. Bundan tashqari kasaba uyushmalari tomonidan yosh ishchi-xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, jamoa shartnomalaridagi yoshlar uchun qo’shimcha imtiyozlar haqida uchrashuv davomida ta’kidlab o’tildi.Davra suhbati davomida Yosh ishchi-xizmatchilar so’zga chiqib o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda o’z takliflarini berishdi. Uchrashuv juda sermazmun va ta’surotlarga boy o’tdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: