«UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filiali xodimlari uchun ichki turizm tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi bayram tadbirlari doirasida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 05-mart kungi 17-22-“s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  Korxona ma’muriyati,Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filiali xodimlari uchun ichki turizm tashkil etildi.
«UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filiali xodimlari uchun ichki turizm tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlarimiz O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab yo‘l bosib, milliy merosimiz va ajdodlar qoldirgan boy tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi.
Sayohatning birinchi kuni xodimlar Buxoroyi sharifga yo‘l olishdi. Muqaddas maskanlardan biri bo‘lmish Baxouddin Naqshbandiy ziyoratgohiga tashrif buyurilib, duolar qilindi. Ushbu tashrif xodimlarimizga Naqshbandiya tariqati tarixi va ulamolarning boy merosi haqida ma’lumot olish imkoniyatini berdi.
Ikkinchi kuni ishtirokchilar Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Sayohat O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Bu yerda Qur’on tilovat qilinib, hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, xodimlar Shohi Zinda, Go‘ri Amir va Registon maydoniga tashrif buyurib, Temuriylar davri tarixi bilan tanishishdi.
Uchinchi kuni sayohatchilar Hazrati Dovud tog‘iga yo‘l olishdi. Xodimlar Temirchilar piri sifatida tanilgan Hazrati Dovudning ramziy qabrini ziyorat qilishdi. Ushbu maskan ko‘plab ziyoratchilarni o‘ziga jalb etuvchi muqaddas joylardan biri bo‘lib, uning tarixiy va diniy ahamiyati katta.
Mazkur ichki turizm xodimlarimiz uchun nafaqat ma’naviy hordiq, balki tarixiy bilimlarini boyitish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglashga xizmat qildi.
“UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filiali bundan buyon ham xodimlarning madaniy-ma’naviy rivojlanishiga qaratilgan bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Print Friendly, PDF & Email