O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Samarqand shahrida «Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: barqaror rivojlanish uchun Global darvoza» xalqaro konferensiyasi doirasida Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo»
Ta’kidlanganidek, ikki mamlakat rahbarlari shaxsiy aloqalari, ishonchli muloqoti va qat’iy siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar tashkiliy va mazmunli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Savdo, avtomobilsozlik, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyati kunlari va faylasuf Abay (Kunanbayev) merosiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: