REJAGA ASOSAN, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlarida kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashi tasarrufidagi “MEXMASH” MCHJda KONFERENSIYA hamda RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI.
Yig‘ilishda 2022-YILDA JAMOA SHARTNOMASINING bajarilishi to‘g‘risida kasaba uyushma raisi va ish beruvchi tomonidan ishchi xodimlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida hisobotlari tinglandi.
Ishtirokchilarga YANGI MEHNAT KODEKSI, unga muvofiq MCHJning jamoa shartnomasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Yig’ilish yakunida jamoa a’zolari Jamoa shartnomasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni bir ovozdam maqullab tasdiqladilar.
Yig’ilishda RAHBAR VA YOSHLAR uchrashuvi ham tashkil etilib yoshlar tomonidan berilgan takliflar ish beruvchi tomonidan maqullanib, belgilangan tartibda xal etish yuzasidan kelishib olindi.
Yig’ilish davomida korxonada mehnat muxofazasi bo’yicha yaxshi ish tashkil etgan yoshlar vakillari va ishchi xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan rag’batlantirildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: