2024-yil 7-noyabr kuni “11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “Avtooyna” MCHJda ishchi hodimlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
Unda Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xakulov Axmadjon Maxmudovich va tarmoqning Fargʻona viloyati Kengashi raisi Xamidov Toirjon Qosimjonovich ishtirok etishdi.
Tadbirda “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” koʻrik tanlovida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha eng yaxshi kasaba uyushma qoʻmitasi” nominatsiyasi boʻyicha II-oʻrinni egallagan “Avtooyna” MCHJ kasaba uyushmasi qoʻmitasiga II-darajali diplom va sovgʻalar topshirildi.
Bundan tashqari “11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan “Avtooyna” MCHJ korxonasida faoliyat olib borayotgan eng faol kasaba uyushmasi aʼzolari Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining sovgʻa va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: