HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh mutaxassisi Ilhomjon Kamolov raislik qildi.

Kun tartibidagi birinchi masala – Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yilning fevraligacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yusuf G‘oyibnazarov ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylashdi. Saylovda ko‘pchilik ovoz olgan Yusuf G‘oyibnazarov Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. Yig‘ilishda Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Yig‘ilishda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Axmadjon Haqulov ishtirok etdi.

Print Friendly, PDF & Email