O‘zligimizni tarannum etadigan «Milliy qadriyatlar kuni» “O‘zmetkombinat” AJda ham o‘ziga yarasha ma’naviy muhitni yaratmoqda.
Bu kunda nafaqat milliy liboslar, balki ajdodlardan meros samimiylik, muomala madaniyati, odob-axloq kabi insoniy fazilatlar ham targ‘ib etilmoqda.
Milliy liboslarimiz nafaqat bizning madaniyatimiz va ma’naviyatimizni ifoda etadi, balki dunyoda o‘tmishini qadrlagan ajdodlarini ulug‘lagan xalq sifatida namoyon etadi.Lekin nima bo‘lganda ham o‘zbek milliy liboslari xalqimizning boy madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, uning go‘zalligi, nafisligi va tarixiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Ular o‘zida O‘zbekistonning turli davrlarini, xalqning hayot tarzini va san’atini aks ettiradi. Milliy liboslar bugungi kunda ham o‘zining jozibadorligini yo‘qotmay, aksincha, yangi shakl va uslublarda boyib bormoqda. Shu orqali bizning milliy liboslarimiz o‘ziga xos tarixi va betakrorligi asrlar osha yashayveradi.
“Milliy qadriyatlar kuni” chellenjida «O‘zmetkombinat» AJ Ijroiya apparati xotin-qizlari faol ishtirok etib, azaliy an’analar davomchilari safida tashabbus ko‘rsatishmoqda.
Bugungi kunda asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ma’naviyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Qadriyatlar yuqorida ta’kidlanganidek, o‘tmish bilan hozirgi kun o‘rtasidagi vorisiylikni ta’minlaydi.Xalqimiz madaniy merosi, an’analari, urf-odatlari bizlar uchun faqat o‘tmishdan qolib kelayotgan yodgorlikkina emas, barcha ma’naviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining buyuk yutug‘i hamdir.
Tashkil etilayotgan bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarimiz ong-u shuurida milliy o‘zligimiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga hurmat hissini uyg‘otishdir.
MILLIY LIBOSLAR – QADRIYATLARIMIZ JILOSI

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: