Yig‘ilishda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.M.Xakulov, “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktor o‘rinbosari B.B.Quryazov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi I.I.Kamolov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashi raisi G.A.Qurbanbayeva, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat Kengashi raisi v.v.b M.A.Sabirovlar ishtirok etdilar.Yig‘ilishda «UzAuto Motors» AJ Xorazm filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.R.Ibadullayev va taftish komissiyasi a’zosi R.I.Aminov 2020-yil iyuldan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyat yakunlari to‘g‘risida hisobot berdi.
«UzAuto Motors» AJ Xorazm filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati “qoniqarli” deb baholandi. Yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilgan saylovda kasaba kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib K.R.Ibadullayev qayta saylandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.M.Xakulov filial boshqaruvchi direktor o‘rinbosari B.B.Quryazovga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan «Uzmetmashsanoat» korxonalari o‘rtasida “Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, estetika va ishlab chiqarish madaniyatini yahshilash” ko‘rik tanlovida filialimiz “Yeng yaxshi sex(uchastka) nominasiyasi bo‘yicha 1- o‘rinni egallaganligi bilan tabriklab, “UzMetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashinig faxrli I-darajali diplomini topshirdilar. Bu g‘alaba filialimiz jamoasining fidokorona mehnati va tinimsiz say- harakatlari natijasidir.
2025-yil 15- aprel kuni “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi .

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: