“Uzauto Motors Powertrain” MCHJ QK kasaba uyushmasi tashkilotining jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlari va hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi T.Yanchinov 2020–2025-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
Ochiq ovoz berish orqali o’tkazilgan saylovda kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi etib T. Yanchinov qayta saylandi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqildi. Yangi tarkibda kasaba uyushmasi qoʻmitasi shakllantirildi.
Konferensiyada ishida Respublika kengashi raisi oʻrinbosari Sh.Isroilov  va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari T.Usmanovlar ishtirok etdi.

Print Friendly, PDF & Email