Kasb bayrami arafasida TMZda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan yorqin va unutilmas tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.Bayram munosabati bilan korxonaning eng yaxshi xodimlari yuksak kasbiy mahorati, fidoyiligi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda korxona rahbariyatining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Professional bayram arafasida tashkil etilgan » TMZ Qiroli » zavod shaxmat turnirining finali bayramning haqiqiy intellektual bezagi bo‘ldi.
G‘oliblar pul sertifikatlari, esdalik sovg‘alari va hamkasblarining munosib olqishlari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.Tadbir hurmat, birdamlik va umumiy ishdan faxrlanish muhitida o‘tdi.
Fursatdan foydalanib, TMZ jamoasi barcha soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaydi!
Mehnatingiz doimo e’zozda bo‘lsin, har bir kuningiz kelajakka ishonch, barqarorlik va yangi yutuqlar olib kelsin!
Kasb bayrami arafasida TMZda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan yorqin va unutilmas tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: