YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Yoshlar kuniga bag‘ishlangan oylik doirasida O‘zbekistonda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
19-iyun kuni “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yosh mutaxassislar va “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tashabbus korxona kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirildi.
Uchrashuv “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi-Bosh direktor Dilshod Axmedov boshchiligida bo’lib o’tdi.
U o‘z so‘zida kombinatning mamlakat sanoat sektoridagi barqaror o‘rnini qayd etib, sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollarini ko‘rsatib o‘tdi.
Metallurgiya sanoatining kelajagida yoshlarning roliga alohida e’tibor qaratildi. Rahbar yosh mutaxassislar sohani modernizatsiya qilish va rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar. Savollarga batafsil javob oldilar.
Bu tadbir kombinat rahbariyati ochiq muloqotga, yoshlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga, foydali va samarali hamkorlikka tayyorligini tasdiqladi.

Print Friendly, PDF & Email