“Uzmetkombinat” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanishni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli musobaqalar tashkil etilmoqda.Ana shunday musobaqalardan biri mini-futbol bo‘yicha “Kasaba kubogi” bahslari 10-may kuni boshlangan edi. Shu kundan buyon dam olish kunlari o‘tkazilgan kombinat tarkibiy bo‘linmalari jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlardan so‘ng finalchilar aniqlandi. Musobaqaning bosh sovrini uchun finalda Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik va Zoldir prokatlash bo‘linmasi o‘zaro kuch sinashdi.
Bu jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan murosasiz va qiziqarli o‘yinda Zoldir prokatlovchilar jamoasi raqibini 5:1 hisobida engdi. Shunday qilib Zoldir prokatlash bo‘linmasi “Kasaba kubogi — 2025” musobaqasida g‘olib chiqdi.
3-o‘rin uchun o‘yinda Navli prokatlash bo‘linmasi Bekobod Emal MCHJ jamoasini 3:1 hisobida engdi.
ZOLDIR PROKATLASH BO‘LINMASI “KASABA KUBOGI — 2025” G‘OLIBI

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: