“Sohil” oromgohida – Xalqlar do‘stligi bayrami!

“Sohil” bolalar oromgohida millatlararo do‘stlikka bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy kiyimlari va raqslari sahnada gavdalanib, bolalar ijodiy chiqishlari bilan barchani hayratga soldi.
Har bir guruh o‘ziga topshirilgan mamlakat obrazini jonlantirib, milliy ohanglar, raqslar va sahna ko‘rinishlari orqali tomoshabinlarga rang-barang madaniy palitrani taqdim etdi.
1-guruh: Meksika va Hindiston
2-guruh: Ispaniya va Afrika
3-guruh: Arab mamlakatlari va Buyuk Britaniya
4-guruh: AQSH va Turkiya
Tadbir davomida bolalar do‘stlik, tinchlik, totuvlik va o‘zaro hurmat kabi ezgu g‘oyalarni chin dildan ifodalashga harakat qildilar.
Ularning har bir sahna ko‘rinishi iliq kayfiyat, samimiylik va ijodiy yondashuv bilan yo‘g‘rilgan edi.
Shubhasiz, bunday bayramlar bolalar qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik va dunyo xalqlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantiradi.

Print Friendly, PDF & Email