VI-tarmoq spartakiadasining Samarqand viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimida mehnatkashlar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning sog‘liklarini muhofaza qilish hamda tiklash orqali mehnat faolliklarini oshirish maqsadida tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida an’anaviy ravishda sportning oltita turi bo‘yicha tarmoq spartakiadasi o‘tkazilib kelinmoqda.
Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tarmoqning Samarqand va Jizzax viloyat bo‘linma kengashi tizimidagi Samarqand viloyat korxona, tashkilot va muassasalari xodimlari o‘rtasida Respublika Kengashi VI-tarmoq spartakiadasining Samarqand viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email