“UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali boshqaruvchi direktori “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2025-yil 25-noyabr kuni «UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filialida O‘zbekistonda kasaba uyushmalri harakatining  120 yillik yubiley sanasi hamda “11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasining qaroriga muvofiq filial boshqaruvchi direktori S.M.Jimaniyazovni “O‘zbekiston kasaba uyushmalri harakatining 120 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashi raisi Kurbanbayeva Gulsara Axmedovna hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashi Ijtimoiy himoya bo‘limi mudiri Atadjanov Xudaybergen Azatovichlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashi raisi Kurbanbayeva Gulsara Axmedovna filial xodimalrini bayram bilan tabriklab shuningdek «UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori S.M.Jimaniyazovga yurtimiz ravnaqi, inson qadri uchun amalga oshirayotgan islohatlardagi faol ishtiroki, jamoa manfaatlarini himoya qilish, xodimlar uchun munosib ish sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar yaratishdagi tashabbuslari, kasaba uyushmalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganliklari uchun munosib e’tirof
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalri harakatining 120 yilligi” ko‘krak nishoni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat Kengashing Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alarni topshirib o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.
Shunigdek tadbir davomida filial boshqaruvchi direktori o‘rinbosari B.B.Quryazov, Xo‘jalik xizmati bo‘linmasi boshig‘i M.Niyazmetov, filial Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.A.Raximovalar filial boshqaruvchi direktori S.M.Jumaniyazovni ko‘krak nishoni bilan tabriklab o‘zlarining samimiy tilaklarini bilidirib bundan keyingi yurtimiz ravnaqi,avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishda, korxona rivoji yo‘lidagi ishlariga rivoj tiladilar.

Print Friendly, PDF & Email