Astana shahrida Yevroosiyo mamlakatlari metall ishchilari kasaba uyushmalari Markaziy Qo‘mitasining 60-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida Yevroosiyo mamlakatlari metall ishchilari kasaba uyushmalari Markaziy Qo‘mitasining navbatdagi 60-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qo‘mita prezidenti Uysal Altintagning hisobot ma’ruzasi tinglandi.
Yig‘ilish ishida a’zo tashkilotlardan 14 ta davlat kasaba uyushmalari vakillari qatnashdi. O‘zbekiston tomonidan “Uzmetmashsanoat” kasaba uyushmasi rais o‘rinbosari Shoikrom Isroilov hamda hududiy kengash raisi Olimxon Mirzayev ishtirok etdilar.
Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Print Friendly, PDF & Email