2025-yil 20-dekabr kuni Turkiston san’at saroyida O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlarni e’tirof etuvchi nufuzli “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda yetakchi olimlar ishtirok etgan tadbirda 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Quvonarlisi shundaki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti oliygohlar orasidan “Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi hamda maxsus statuetka, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuq universitetda zamonaviy muhandislik ta’limi, ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va xalqaro standartlarga asoslangan innovatsion yondashuvlar izchil rivojlanib borayotganining yorqin tasdig‘idir.
TTPU — “Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi”

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: