ADM Jizzakh korxonasida kasaba uyushmasi tashkiloti bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir harbiy xizmatchilarga Vatanimiz ravnaqi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirish, shuningdek, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir ADM Jizzakh mehnat jamoasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga, korxona va harbiy qism o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi hamda barcha ishtirokchilarda ijobiy ta’surot qoldirdi.
“Metmashsanoat” tarmoqlari kasaba uyushmasi Samarqand, Jizzax viloyat kengashi tizimidagi korxona va tashkilotlarda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: