O’zbekiston texnologik metallar kombinati tizimidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “TMK: ajdodlar merosiga tayangan taraqqiyot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi, shoir Axtamqul Karim o’zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir TMK jamoasida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat va ma’naviy qadriyatlarga sodiqlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda kombinatning faol xodimlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan ilhomlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, buyuk ajdodlarimizning boy adabiy merosi, insonparvarlik, ilm-fan va bunyodkorlik g‘oyalari yana bir bor yodga olindi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosiga oid adabiyotlar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
Buyuklar izidan yuksalish sari.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: