“Zakovat” intellektual o‘yini

2026-yil 13-fevral kuni UzAuto Motors AJning Xorazm viloyati filialida xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish, milliy merosimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish maqsadida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur “Zakovat” o‘yini qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan adabiyot, tarix, milliy qadriyatlar hamda mantiqiy savollarga tezkor va puxta javoblar berildi. O‘yin yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Rejalashtirish va narx nazorati bo‘limining “Iqtisodchi” jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Xodimlar boshqaruvi xizmatining “HR Team” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Sifat bo‘limining “Quality” jamoasi.
O‘yin g‘oliblari — jami 18 nafar ishtirokchi, shuningdek 2 nafar faol yosh qatnashchi hamda 1 nafar hakam kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xodimlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 
 
Print Friendly, PDF & Email