“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

2026-yil 6-mart kuni **UzAuto Motors AJ Xorazm viloyati filialida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir filial jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularning mehnatini qadrlash hamda bayram kayfiyatini ulashish maqsadida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirni filial boshqaruvchi direktori S. M. Jumaniyazov ochib berdi. U o‘z tabrik so‘zida filialda mehnat qilayotgan barcha ayollarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamda kelgusi ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi, oiladagi hamda ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rni alohida ta’kidlab o‘tildi. Filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘zining mas’uliyati, fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan korxona rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan filialimizda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar korxona rahbariyati tomonidan mukofot pullari bilan rag‘batlantirildi, shuningdek kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu e’tibor va ehtirom ayollarimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, unda jamoa a’zolari bir-birlarini bayram bilan tabriklab, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yana bir bor e’tirof etdilar.

Print Friendly, PDF & Email