TMK korxonalarida umumxalq hashari o‘tkazildi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu an’ana jamiyatimizda birdamlik, o‘zaro hurmat va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini mustahkamlab kelmoqda.
Mazkur umumxalq tashabbusi doirasida TMK tasarrufidagi korxonalarda ham obodonlashtirish ishlari faol tashkil etildi. Xususan, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodi hamda Samarqand viloyatidagi Ingichka boyitish fabrikasi hududlarida hashar ishlari o‘tkazilib, ishlab chiqarish maydonlari, ichki yo‘laklar, yashil hududlar va atrof-muhitni tartibga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
🧊 TMK jamoasi uchun bunday tashabbuslar nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki korporativ madaniyatni mustahkamlash, ekologik mas’uliyatni oshirish va jamiyat bilan uyg‘un rivojlanish tamoyillarini amalda namoyon etish imkoniyatidir.
✅ Obod muhit — barqaror rivojlanishning muhim asosi.
Shu bois TMK jamoasi bunday umumxalq tashabbuslarida faol ishtirok etib, mamlakatimizda toza, qulay va obod muhitni yaratishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.

Print Friendly, PDF & Email